Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » Rayhon yerosti yo‘lida onasi bilan yotgan bolalarni asrab olish istagini bildirdi

Rayhon yerosti yo‘lida onasi bilan yotgan bolalarni asrab olish istagini bildirdi

Xonanda Rayhon Toshkent univermagi yaqinidagi yerosti yo‘lida ikki bolasi bilan yotgan ayol suratidan juda ta’sirlanganini va bolalarni asrab olishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi “Sayyod.com”.

Rayhon yerosti yo‘lida onasi bilan yotgan bolalarni asrab olish istagini bildirdi

 

Eslatib o‘tamiz, ikki bolasi bilan yerosti yo‘lida uxlayotgan ayol surati shiddat bilan turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Guvohlar ayolning ancha vaqtdan beri yerostida yotishini ma’lum qilgan. Ushbu suratni ko‘rgan ko‘pchilik internet foydalanuvchilari ko‘chada qolgan oilaga yordam berishga tayyorligini bildirgan edi, ular orasida xonanda Rayhon ham bor.

Rayhon yerosti yo‘lida onasi bilan yotgan bolalarni asrab olish istagini bildirdi

 

“Balki taqdir taqozosi bilan u ayol shunday hayotga majburdir, biroq bolalarini bu holatda boshini yeydi-ku. Hech bo‘lmasa vaqtinchalik bo‘lsa ham uning bolalarini o‘zimga ola qolay, yordam bering, suratni ko‘rgan sari yuragim chidamayapti. Turkiyaning sohiliga o‘ligi chiqib qolgan suriyalik bolakayning suratini ko‘rgach, o‘zimni ancha payt yig‘idan to‘xtata olmadim”, — deb “Sayyod.com” Rayhonning so‘zlaridan keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Rayhonning Islom va Imron ismli o‘g‘illari bor. Egizaklar 2014-yilning 5-mayidadunyoga kelgan.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]