Скачать музыку и клип бесплатно » Og'abek Sobirov feat. Malika Egamberdiyeva - Senmi qo'shiq matni

Og'abek Sobirov feat. Malika Egamberdiyeva - Senmi qo'shiq matni

[Og’abek Sobirov]
Bir qiz kuylar, ovozidan tosh erir,
Nolalari samolarni titratar. (x2)
Tinglaguvchi ko`ngillarni rom etar,
U senmiding, u senmiding, senmiding?

[Malika Egamberdiyeva]
Bir sas kelar Xorazm tomonlardan,
Avj pardasi jaranglar osmonlardan.
Hofiz chiqmas asli bad, yomonlardan,
U sizmisiz, u sizmisiz, sizmisiz?

[Og’abek Sobirov]
U senmiding, u senmiding, senmiding?

Ul daryoning mavjiga asir bo`ldim,
Ham nolang-u, avjingga asir bo`ldim,
Yurgan edim daragingni axtarib,
U senmiding, u senmiding, senmiding?

[Malika Egamberdiyeva]
Qo`shig`ingiz sehri dilimga darmon,
Suvorangiz eshitganda yo`q armon. (x2)
Izlar edim o`shal hofiz qaydadir,
U sizmisiz, u sizmisiz, sizmisiz?

[Og’abek Sobirov]
U senmiding, u senmiding, senmiding ?

Qo`llarimda Komiljonning tori bor,
Yuragimda Xorazmning ori bor. (x2)
Kuylagayman toki tanda jonim bor,
U mendirman, u mendirman, u menman.

[Malika Egamberdiyeva]
Toshqin daryo dilimga olov solgan,
Gul, lolalar meni chindan rom qilgan.
Sozning sehri aqlu-hushimni olgan,
U mendirman, u mendirman, u menman.

[Og’abek Sobirov]
U senmiding, u senmiding, senmiding?
[Malika Egamberdiyeva]
U sizmisiz, u sizmisiz, sizmisiz?
[Og’abek Sobirov]
U mendirman, u mendirman, u menman.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]