Скачать музыку и клип бесплатно » Mp3 » Elyor To'ychiyev - Onamni ko'rgani boraman

Elyor To'ychiyev - Onamni ko'rgani boraman

Elyor To'ychiyev - Onamni ko'rgani boraman
Слушать
Elyor To'ychiyev - Onamni ko'rgani boraman
Скачать трек
Скачать Elyor To'ychiyev - Onamni ko'rgani boraman в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3
Понравилась ли вам это песня? А сейчас познакомитесь с пятёркой топ хитов

Текст песни Elyor To'ychiyev - Onamni ko'rgani boraman
Bozorga chiqibdi qulupnay
Yetkazdi Xudodan aylanay
Ilinib-ilinib olvolay
Onamni ko'rgani boraman
Ishlarim yo'limni to'ssa ham
Poyimda tikanlar o'ssa ham
Bir dasta gul olib bo'lsa ham
Onamni ko'rgani boraman
Kelsam ham ikkita non bilan
Bag'riga bosadi jon bilan
Aytadi: “keldingmi jon bolam?”
Onamni ko'rgani boraman

Onam onam
Onam jon onam
Onam onam
Oq bulutdek ko'ngli oppog'im onam

Aytmayin bolamning g'amini
Bildirmay ro'zg'orim kamini
O'chirib yuragim shamini
Onamni ko'rgani boraman
Akamning yaxshisin oshiray
Ukamning aybini yashiray
Quvnatib mehrini toshiray
Onamni ko'rgani boraman
Uy talash mol talash qilmayin
Unga ko'p menga oz demayin
Boshini og'ritib kelmayin
Onamni ko'rgani boraman
Erkalay oymomom o'zimni
Quvnatib turasiz ko'zimni
Kuladi eshitib so'zimni
Onamni ko'rgani boraman
Hammadan go'zalsiz deb atay
Soddagina ko'nglini yashnatay
Kuldirib-kuldirib yayratay
Onamni ko'rgani boraman
O'shadir buyugim davlatim
Eng go'zal farzim-u sunnatim
Oyog'im ostida Jannatim
Onamni ko'rgani boraman

Onam onam
Onam jon onam
Onam onam
Oq bulutdek ko'ngli oppog'im onam
Комментарии (2)
Isoq 24.02.23
Qo'shiq bomba sevaman man qo'shiqni Akajon man sizdi muxlisizman
Аббос 31.03.23
РАХМАТ.ИШЛАРИНГА РИВОЖ.
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]