Скачать музыку и клип бесплатно » Mp3 » Murod Manzur - Alloh tiriltir meni

Murod Manzur - Alloh tiriltir meni

Murod Manzur - Alloh tiriltir meni
Слушать
Murod Manzur - Alloh tiriltir meni
Скачать трек
Скачать Murod Manzur - Alloh tiriltir meni в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3
Понравилась ли вам это песня? А сейчас познакомитесь с пятёркой топ хитов

Текст песни Murod Manzur - Alloh tiriltir meni
Tanam azobda man ming afsusdaman
Qabrim tor na bo'y bor na bordir eni
Yagona o'tinchim so'rayman sendan
Olloh bir lahzaga tiriltir meni

Umrimni sovurdim yel shamollarga
Berildim bemasamar xom hayollarga
Bugun javobim yo'q ko'p savollarga
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

Ko'zimni yaratding lekin ko'rmadim
Haq yo'lini eshitdim biroq
Umrim bo'yi uxlab nahot turmadim
Olloh bir lahzaga tiriltir mani

Bugun hayotimni chirog'i so'ndi
Qop qora qarg'alar qabrimga qo'ndi
Tanamni ming turfa ilonlar tildi
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

Oh nega qilmadim bir bor ibodat
Nahotki shunchalar bosibman g'aflat
Tanam qiynalmoqda azobda faqat
Olloh bir lahzaga tiriltir meni

Taqvoni egnimga qilayin libos
Barcha gunohlardan bo'layin xolos
Yolvoraman Olloh sendan iltimos
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

Tanamni ko'ryapman qop qora ko'mir
Badanim nimtalar qizigan temir
Oh afsus qaytsaydim deb fursat umr
Olloh bir lahzaga tiriltir meni

Olloh izn ber qabrimni o'yay
Iymon lazzatini qalbimda tuyay
Hech yo'q bir bor boshim sajdaga qo'yay
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

O'lmaydiganlarday yurardim bardam
Do'stlarim ko'p edi suyanchim har dam
Yordamim olganlar beringlar yordam
Olloh bir lahzaga tiriltir mani

O'zimniki gapga kirmas qo'llarim
Nahot sarob bosib o'tgan yo'llarim
Yordam bermayapti topgan pullarim
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

Men yurgan yo'ldan siz qaytmagansizlar
Ibodat qil deb siz aytmagansizlar
Yo siz buni atayin qilgansizlar
Olloh bir lahzaga tiriltir mani

Cho'kib borayapman qo'rquvdan terdan
Ilon chayon poylar har yerdan
Boshim ko'tarmasdim bir lahza yerdan
Olloh bir lahzaga tiriltir mani
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]