Mashhur Muhammad - Xotira

- Исполнитель: Mashhur Muhammad
- Скорость потока: 192 kbps
- Дата релиза: 21.04.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Mashhur Muhammad, Mashhur Muhammad 2025
Islom Karimov xotirasiga bag'ishlanadi.
Elim deb yurtim deb yashagan yonib
Xalq kuysa kuyunib kulsa quvonib
Bizga tayanch bo'lib bizga suyanib
Umrini yurt uchun baxsh etgan bobom
Vatanni sevmoqlik iymondan deya
Tinchlikni asramoq vijdondan deya
Ozodlik tushmagay osmondan bu yer
Mudroq ko'ngillarni uyg'otgan bobom
Xotira muqaddas xotira aziz
Nomingiz dillarda o'chmagay hargiz
Avlodlar yodida yashaysiz mangu
Sizni unutmaydi farzandlaringiz
O'zbekni o'ziga bekligi ayon
Eng katta boyligi erkligi uzhits.net ayon
Xalqini ishiga bosh tusha qachon
Xalovat neligin unutgan bobom
Serquyosh o'lkani porloq quyoshi
Dunyo tan olgan mard jasur yurtboshi
Ortidan qolgandir oqil izdoshi
Ko'ngillar qaridan joy olgan bobom
Xotira muqaddas xotira aziz
Nomingiz dillarda o'chmagay hargiz
Avlodlar yodida yashaysiz mangu
Sizni unutmaydi ona xalqingiz