Baxtiyor G‘oziyev - Jonim bolam

- Исполнитель: Baxtiyor G‘oziyev
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 10.06.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Baxtiyor G‘oziyev, Baxtiyor G‘oziyev 2025
Har kun tongda erkalanib qucholmayman
Ovqat o'tmas tomog'imdan yutolmayman
Pul topay deb ishlash kerak ketolmayman
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam
O'tmas ekan insonlarda orzu havas
Sog'inchimda tomog'imni to'sar nafas
Uy joyimni qurib olsam ketaman bas
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam
Jonim bolam jonim bolam
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam
Jonim bolam jonim bolam
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam
Kelajaging poydevori qursam deyman
Murodinga yetib baxting ko'rsam deyman
Ilojim yo'q yonginanagda bo'lsam deyman
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam
Musofirlik og'ir ekan netay endi
Oz qoldi deb sog'inchimni yutay endi
Rizq nasibam topib keyin ketay endi
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam
Jonim bolam jonim bolam
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam
Jonim bolam jonim bolam
Bo'ylaringni sog'indimku jonim bolam