Shavkat Zulfiqor - Musofir onasin kutgan qizaloq

- Исполнитель: Shavkat Zulfiqor
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 15.06.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Shavkat Zulfiqor, Shavkat Zulfiqor 2025
Шавкат Зулфиқор - Мусофир онасин кутган қизалоқ
Shodligin sog'inchlar yutgan qizaloq
Tun bo'yi bir sura tutgan qizaloq
Enagadan cho'chib ko'zi jovdirab
Musofir onasin kutgan qizaloq
Erkalikdan asar topmagan go'dak
Bolalik bolini totmagan go'dak
Besh yilki bag'rida yotmagan go'dak
Musofir onasin kutganqizaloq
Enagaga aytmas hatto tushini
Yig'lab yashiradi tushgan tishini
Sog'inchlar o'g'irlagan butkul tushini
Musofir onasin kutgan qizaloq
Qumsab bir mehribon zot quchog'ini
Alamidan tishlar bosh barmog'ini
O'ynagisi kelmas qo'g'irchog'ini
Musofir onasin kutgan qizaloq
Ota tashlab ketgan ona uzoqda
Enaga qo'lida qushday tuzoqda
Ona bag'ri jannat ochi do'zzoxda
Musofir onasin kutgan qizaloq
O'zing rahm etgin Qodir Xudojon
Sog'inchdan zor yig'lar necha bolajon
Ko'z o'ngidan ketmas Anvarni hamon
Musofir onasin kutgan qizaloq