Mashhur Muhammad - Pul

Mashhur Muhammad - Pul
  • Исполнитель: Mashhur Muhammad
  • Скорость потока: 320 kbps
  • Дата релиза: 18.06.2025
  • Добавил: UzMusic
  • Метки: Mashhur Muhammad, Mashhur Muhammad 2025
Слушать
Mashhur Muhammad - Pul
Скачать трек
Скачайте и слушайте онлайн замечательную песню "Mashhur Muhammad - Pul" с нашего сайта uzhits.net в формате mp3 320 кб / с
Понравилась ли вам это песня? А сейчас познакомитесь с пятёркой топ хитов

Текст песни Mashhur Muhammad - Pul

Keldik ketajakmiz kelishar ketar
Nechun buncha oh voh yugur yugurlar
Allohning bergani barchaga yetar
Xudbinlikni qo'ying insof bergurlar

Bizlardan oldin ham bo'lgan bu dunyo
Va bizdan keyin ham qolar begumon
Yelkamizga ortiq ketolmaydigan
Boylik deya umrni etmaylik hazon

Pul pul pul pul pul puldan vafo kutmaylar
Pul topdim deb haddan oshib ketmaylar
Olmoq borki bermoq ham bor dunyoda
Bu dunyoda afsus bilan o'tmanglar

Balki bugun sizda qudrat bor kuch bor
Qo'l cho'zsangiz yetar hatto oyga ham
Biling hech bir ne'mat mangu berilmas
Sizda qudratliga sizdan boyga ham

Kibrga berilmang men zo'rman deya
Zo'rlarning eng zo'ri yagona tanho
Yaratgan ixtiyor qilmasa agar
Bo'g'zingizdan nafas o'tmaydi hatto

Pul pul pul pul pul puldan vafo kutmaylar
Pul topdim deb haddan oshib ketmaylar
Olmoq borki bermoq ham bor dunyoda
Bu dunyoda afsus bilan o'tmanglar

Bugun erta indin qachondir bir kuni
Vaqti soatingiz topganda yakun
Foyda berarmikin yiqqan pulingiz
Umrimni bir kunga cho'zdirmoq uchun

O'tkinchi dunyo deb qiynamang jonni
Hamisha pokiza saqlang vijdonni
Qimmat baho kiyim tillo zarlarmas
Yaxshi amallar bezar insonni

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: uzhits.net@mail.ru