ELDIDO guruhi - Do'stim

- Исполнитель: ELDIDO guruhi
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 04.07.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: ELDIDO guruhi, ELDIDO guruhi 2025
ЭЛДИДО гуруҳи - Дўстим
Necha yilki yonma yonmiz
Shukur hech ham kam bo'lmadik
Alloh bizni do'st ayladi
Biz bekorga do'st bo'lmadik
Yonimda tur o'ngmi so'lda
Xohla sahroda xohla cho'lda
Tashlab ketma yarim yo'lda
Biz bekorga do'st bo'lmadik
Do'stim do'stim jon do'stim
Og'ir kunlar madad bo'lgan do'stim
Do'stim do'stim jon do'stim
Qiyomatli mehribon do'stim
Bir birimiz qadr qildik
Goho jonga jabr qildik
Hammasiga sabr qildik
Biz bekorga do'st bo'lmadik
Sendan o'tsa uzr derding
Mendan o'tsa sen kechirding
Dildan dog'ni tez o'chirding
Biz bekorga do'st bo'lmadik
Do'stim do'stim jon do'stim
Og'ir kunlar madad bo'lgan do'stim
Do'stim do'stim jon do'stim
Qiyomatli mehribon do'stim
G'iybatimni qilsalar kim
Turolmasding shunchaki jim
Ko'zing ham chin so'zing ham chin
Biz bekorga do'st bo'lmadik
Kelsang qo'lda to'rtta noning
Borsam ochiq dasturxoning
Omon bo'lsin aziz joning
Biz bekorga do'st bo'lmadik
Do'stim do'stim jon do'stim
Og'ir kunlar madad bo'lgan do'stim
Do'stim do'stim jon do'stim
Qiyomatli mehribon do'stim