Tohir Mahkamov - Farzand armoni

- Исполнитель: Tohir Mahkamov
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 06.07.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Tohir Mahkamov, Tohir Mahkamov 2025
Тоҳир Маҳкамов - Фарзанд армони
Taqdir g'am berganda ko'ndim chidadim
Tilimdan qo'ymadim shukurlarimni
Omadim kelganda rostdan yig'ladim
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni
Ko'rdilar g'animlar toshlar otganda
Ko'rdolar do'st desam do'stlar sotganda
Ex dedim maydonda otim chopganda
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni
G'iybatim qilganlar erta kech doim
Do'stim deb qo'l berdi bo'lib muloyim
Ezildim to'rida bo'lganda joyim
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni
Yolg'onga ko'p kuydim yolg'on dunyoda
Armonga ho'p to'ydim armon dunyoda
Yuribman holimga hayron dunyoda
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni
Yashardilar bola sining o'yida
Yangi ko'ylak kiyib kiymay bo'yida
Jim yig'ladim o'g'il qizim to'yida
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni
Sovuq qotsam yelkamga to'n ilganlar
Xato qolsam kuyib bag'rim tilganlar
Baxting ko'ray deya duo qilganlar
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni
Kechagina edim poyu piyoda
Bugun Xudo berib bo'ldim ziyoda
Bugundek kim aziz menga dunyoda
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni
Sabr ber sabringdan menga Xudojon
Suyansam suyandim senga Xudojon
Dardim aytayin kimga Xudojon
Otam ko'rmadida shu kunlarimni
Onam ko'rmadida shu kunlarimni