Shavkat Zulfiqor - Yoshligimni sotganman

- Исполнитель: Shavkat Zulfiqor
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 30.07.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Shavkat Zulfiqor, Shavkat Zulfiqor 2025
Шавкат Зулфиқор - Ёшлигимни сотганман
Begona yurtning sovuq,
Ko'chasida yotganman
Jaraq - jaraq pullarga
Yoshligimni sotganman
Esimda o'sha kuni
Uydan olis ketganman
Samaliyotdan tushganda
Balog'atga yetganman
Musofirning necha bor
Sinovidan o'tganman
Ish topya deb uzoq - uzoq
Navbatimni kutganman
Hammasi yaxshi deya
O'zimni ovutganman
Bo'g'zimdagi ko'zyoshni
Ko'p ichimga yutganman
Goho qo'limda kurak
Gohida loy tutganman
Musofirning noni sho'r
Sho'rvasini totganman
Alam bilan gohida
Telefonni otganman
Hech kimsaga bildirmay
Ko'zyosh bilan yotganman
Sovuq - sovuq qishlarning
Sovug'ida qotganman
Kunday chiqib shu zamon
Quyosh bo'lib botganman
O'n yil bo'ldi uyimdan
Ancha olis ketganman
Qurib ketgur pullarga
Yoshligimni sotganman
Begona yurtning sovuq,
Ko'chasida yotganman
Jaraq - jaraq pullarga
Yoshligimni sotganman