Baxtiyor G'oziyev - Dadam

- Исполнитель: Baxtiyor G'oziyev
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 22.08.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Baxtiyor G'oziyev, Baxtiyor G'oziyev 2025
Бахтиёр Гозиев - Дадам
Bo'ldi endi yoshim, o'tdi ham demay
Yedirdi bizlarga o'zlari yemay
Bir oyda uyiga bir bora kelmay
Bolam deb shu yoshda ishlagan dadam
Bolasin bir yilda bir bora ko'rmay
Sovuqda qay yerlarda ishlagan dadam
Kasal holida ham tinim bilmay hech
Shu yoshda bizni deb ishlagan dadam
Dadam - dadam, o'zingiz siz savlatim
Bu dunyoda davlatim, dadam.
Dadam - dadam, o'zingiz siz davlatim
Bu dunyoda jannatim, dadam.
Birovning uyini g'ishtlagan dadam
Gohida qotgan non tishlagan dadam
G'am ko'rmay yuribman, usti boshim bud
Shu yoshda bizni deb ishlagan dadam
Qadringizni bildim qadrsizlar deb
Ishongan do'stlardan ming bora pand yeb
Kuzatdim ko'zimga yosh olib bugun
Har ota yasharkan bolam - chaqam deb
Dadam - dadam, o'zingiz siz savlatim
Alloh bergan ne'matim, dadam.
Dadam - dadam, o'zingiz siz davlatim
Bu dunyoda jannatim, dadam.