Dilmurod Otajonov - Singillarim

- Исполнитель: Dilmurod Otajonov
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 24.09.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Dilmurod Otajonov, Dilmurod Otajonov 2025
Yodimdadur sochi uzun jajji yuzlar
Ota uyni sog'inchlari endi qumsar
Izlab kelar endi sizni qo'shni qizlar
Borolmasak sizni yo'qlab endi bizlar
Yiroqdaman biroq yaqin ko'ngillarim
Hafa bo'lmang borolmasam singillarim
Yiroqdaman biroq yaqin ko'ngillarim
Hafa bo'lmang borolmasam singillarim
Onam aytar yo'qla singling menku mayli
Eslab tursam otam xursand shu tufayli
Siz uyoqda biz buyoqda zamon sayli
Diydor onlar quchoqlaydi shoshmay hali
Yiroqdaman sizga intiq ko'ngillarim
Bo'lmay hafa borolmasam singillarim
Yiroqdaman sizga intiq ko'ngillarim
Bo'lmay hafa borolmasam singillarim
Jiyaningiz yoshliginiz eslatadi
Nigohlari sizdan ma'no izlatadi
Hayot shunday kimni kimga bo'zlatadi
Akang kuylab sog'insa gar yig'latadi
Yiroqdaman sizga intiq ko'ngillarim
Bo'lmay hafa borolmasam singillarim
Yiroqdaman sizga intiq ko'ngillarim
Bo'lmay hafa borolmasam singillarim