Jaloliddin Ahmadaliyev - Tong otguncha

- Исполнитель: Jaloliddin Ahmadaliyev
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 18.10.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Jaloliddin Ahmadaliyev, Jaloliddin Ahmadaliyev 2025
Жалолиддин Ахмадалиев - Тонг отгунча
Yorga o'qilar nikoh, kun botguncha
Turing yangalar ogoh, tong otguncha
Yor barini biladi, go'shangchaga kiradi
Nima bo'lsa bo'ladi, tong otguncha
Yurak kuyar jiz emas, nafratim bor his emas
Endi sevganim emas, tong otguncha
Tong otguncha, tong otguncha
Qani vafo, qani oh, keng dunyo ko'zimga tor
Gapiradi to'rt devor, tong otguncha
Bu qandayin on bo'ldi, kuygan ruh bila jon bo'ldi
Butun borlig' qon bo'ldi, tong otguncha
Qo'shni bo'lmasam edi, to'yin ko'rmasam edi
O'lib qolmasam edi, tong otguncha
Tong otguncha , tong otguncha
Ishqni nega qarg'ayman, ovutaman, \aldayman
Ayting qanday yashayman, tong otguncha
Yuragimga o't solib, ketdi jonimni olib
Yig'ladim yolg'iz qolib, tong otguncha
Bugun o'qildi nikoh, to'y bo'ldi kun botguncha
Ko'kka qadaldi nigoh, tong otguncha
Tong otguncha ,tong otguncha,tong otguncha....