Isomiddin Nur - Onajon yig'lamang

- Исполнитель: Isomiddin Nur
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 27.11.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Isomiddin Nur, Isomiddin Nur 2025
Omad ketib, yonimda hech kim qolmasa
Ishongan do'stlarim nazar solmasa
Oyoqqa turishga bir chora qolmasa
Boshimda parvonam, yig'lagan onam
Maqtab oshimizni yeganlar ketganda
Boshing omon bo'lsin deganlar ketganda
Salom bergan odamlar tepib o'tganda
Boshimda parvonam, yig'lagan onam
Onajon yig'lamang yana oyoqqa turdim
Qo'ynimda saqlagan ilonlarimni ko'rdim
Onajon yig'lamang yana oyoqqa turdim
Dushmanlarni do'st deb adashganimni ko'rdim
O'zimni daryoga otganlarim bor
Qarzni botqog'iga botganlarim bor
Bu dunyodan to'yib ketganlarim bor
Boshimda parvonam, yig'lagan onam
Singanimda ko'plar it kabi qoqdi
Yaqin ham eshigin yuzimga yopdi
Nomardlik qilganlari Xudodan topdi
Boshimda parvonam, yig'lagan onam
Onajon yig'lamang yana oyoqqa turdim
Qo'ynimda saqlagan ilonlarimni ko'rdim
Onajon yig'lamang yana oyoqqa turdim
Dushmanlarni do'st deb adashganimni ko'rdim
