Shavkat Zulfiqor - O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

- Исполнитель: Shavkat Zulfiqor
- Скорость потока: 128 kbps
- Дата релиза: 11.12.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Shavkat Zulfiqor, Shavkat Zulfiqor 2025
Musofirman, yurakda bir xadik bor
Bemor bo'lsam ajal bo'g'zim tutmasin
Yaratganim qodir ey Parvardigor
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
Quloq solgin o'zing ko'ngil zorga
Farzandlar yosh, otam - onam qarigan
Ne sinov ber rozimanu bariga
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
Davosi bor dard bersang tanamga
Dardlarimni yellar borib aytmasin
Jabri juda og'ir bo'lar onamga
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
Bu qismatni tanlamadim men atay
Peshonanga bitmishing shu men netay
Umrim so'nggi o'z yurtimda tinch yotay
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
O'zing bilgan o'sha jonu tanda non
O'zing bilgan o'sha ojiz bandaman
Goh yuragim sanchib qolar qo'rqaman
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
Bilmam qancha savob qancha gunohim
O'zingdursan har ishimda ogohim
Sendan bitta tilagim shu Allohim
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
Musofirman, yurakda bir xadik bor
Bemor bo'lsam ajal bo'g'zim tutmasin
Yaratganim qodir ey Parvardigor
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
