Shavkat Zulfiqor, Nurzida - Men onamni yaxshi ko'raman

- Исполнитель: Shavkat Zulfiqor, Nurzida
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 30.12.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Shavkat Zulfiqor, Nurzida, Shavkat Zulfiqor, Nurzida 2025
Mayli meni qiynagin hayot
Qiynog'inga bardosh beraman
Lek onamni qilgin extiyot
Men onamni yaxshi ko'raman
Dardim bo'lsa kuyingan onam
Quvonchimga suyingan onam
Munisginam mehribonginam
Men onamni yaxshi ko'raman
Onajonim jonim onam
Qo'llaringiz ko'zimga suray
Onajonim jonim onam
Boringizga shukurlar qilay
Tashla meni ming turfa yo'lga
Do'lga tashla so'ng olib cho'lga
Lek qaratma begona qo'lga
Men onamni yaxshi ko'raman
Ishlarim ko'p yo'lda yuraman
Yuragimda yashar bir nido
Nima qilsang qil meni biroq
Men onamni yaxshi ko'raman
Onajonim jonim onam
Qo'llaringiz ko'zimga suray
Onajonim jonim onam
Boringizga shukurlar qilay
Mayli dard ber qiynalsin tanam
Hayot senga yo'q asloginam
Omon bo'lsin sog' bo'lsin onam
Men onamni yaxshi ko'raman
Hayot senga bitta o'tinchim
Onam mening baxtim quvonchim
Extiyot qil mening quvonchim
Men onamni yaxshi ko'raman
Onajonim jonim onam
Qo'llaringiz ko'zimga suray
Onajonim jonim onam
Boringizga shukurlar qilay
