Shavkat Zulfiqor - Ketyapman

- Исполнитель: Shavkat Zulfiqor
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 28.01.2026
- Добавил: UzMusic
- Метки: Shavkat Zulfiqor, Shavkat Zulfiqor 2026
Aro g'amni bir o'zim tortibgina ketyapman
Yelkamga ola xurjin ortibgina ketyapman
Yaxshi - yomon so'zimga o'zim do'stman o'zimga
Bergan rizqing ko'zimga surtibgina ketyapman
Nomaqulning nonini
Olmadim hech yonini
Duch kelgan yomonini
Turtibgina ketyapman
G'arib jonim ozorda
Bir kun yotar mozorda
Umrim hayot bozoda
Sotibgina ketyapman
Qorni och, qorni to'qqa
Bosh egsa boru - yo'qqa
O'zimni o'tdan cho'qqa
Otibgina ketyapman
Umrim oqar soydayin
Omonat bir joydayin
Qaytib chiqmas oydayin
Botibgina ketyapman
Zamon siylar zo'rini
Berib qo'ysa to'rini
Peshonamning sho'rini
Totibgian ketyapman
Har ertayu - kechimda
Yakun izlab yechimga
Dardimni ich - ichimga
Yutibgina ketyapman
Aravamni bir o'zim tortibgina ketyapman
Yelkamga ola xurjin ortibgina ketyapman
Yaxshi - yomon so'zimga o'zim do'stman o'zimga
Bergan rizqing ko'zimga surtibgina ketyapman
