Uzmir - Hayot haqida

- Исполнитель: Uzmir
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 04.02.2026
- Добавил: UzMusic
- Метки: Uzmir, Uzmir 2026
Charchadik masuliyat bo'ynimizga ilinganda
Ketidan azoblar og'riqlar bilinganda
Kerak emas dalda o'zing marraga yetganda
Balki omading kelar atrofdan hasislar ketganda
Qanchalik hurmating bor yaqinlaring oldida
Balki omading kelmadi muhabbatning bobida
Faqat Alloh amallar hammasini tobida
Bandamiz unutmagin gunohlar maromida
Qachondir to'yib ketasan hozirgi ishlaringdan
Amalni botib olasan muzlama qishlaringdan
Kotta bo'lib qoldim deb ja karillab ketma
Kimdir sani chalsa ham ortidan borib tepma
Ketamiz qachonlardir bu dunyoni tark etib
Jamiyatda o'rnimizni toparmiz vaqti yetib
Hozircha yashayapmiz discomfort hayotimiz
Kelajakka intilamiz lek faxshda hayolimiz
Ko'raman qanchasini qiynagan sabrsizlik
Ich etini yemiradi oilada qadirsizlik
O'zidan o'tganini bilmay yashardi banda
Faqat fikru hayoli go'zal o'sha tanda
Emasman sanga qambar aqlim ham joyida
Hammasini amalliman yozildi qoida
Bu bolakay baribir onasini toyida
Dunyo hali tan olar niyyatlar joyida
