Muhammadziyo Anvarov - Sog’inma meni

- Исполнитель: Muhammadziyo Anvarov
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 03.03.2026
- Добавил: UzMusic
- Метки: Muhammadziyo Anvarov, Muhammadziyo Anvarov 2026
Birga yurgan ko'chalarga qaytib kelma
Tinglab yurgan qo'shiqlarni aytib kelma
Ketding o'zga yor tomon endi omon bo'l
Gar yig'latsa ko'z yoshingni artib kelma
Sog'inch azob berganda bir bora kelmading
Sensizlikka yurakginam ko'ndi kelma
Bizni uchrashtirgan ko'chalar bo'm bo'sh edi
Endi u yer odamga to'ldi kelma
Sog'inma meni unut meni butunlay
Bilmading sevgini men yo'qman butunlay
Sog'inma meni unut meni butunlay
Bilmading sevgini esimdadir bugunday
Mehrim tushsa meni nazar ilmading
Sevganimda sira qadrim bilmading
Menga kerak bo'lgan paytingda afsus
Kelarmi deb kutdim lekin kelmading
Qo'y yig'lama endi o'chdi xotira
Biz sevgiga aytib bo'ldik xotima
Sen u yerda men bu yerda bugun jim
Baxtli bo'lmoq nasib qilmabdi sira
Sog'inma meni unut meni butunlay
Bilmading sevgini men yo'qman butunlay
Sog'inma meni unut meni butunlay
Bilmading sevgini esimdadir bugunday
