Doxxim - Cho'lponni Boltalashdi

- Исполнитель: Doxxim
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 06.05.2026
- Добавил: UzMusic
- Метки: Doxxim, Doxxim 2026
Qarsaklar chaldi O’zbek, Cho’lponni boltalashdi
Pashshalar gulzorimda Ari bilan bol talashdi
Hoyinlar kuni tug’di, sheriyat quyoshi botdi
Boltalab o’ldirdi rus, o’zbeklar uni sotdi
Kechirgin Turkiston bo’lolmadim posboning
kechir men qarab turdim qahradi bog’ bo’stoning
Moziydan izla javobni, xonlaring yer talashdi
Otgani o’qlari qolmay, Cho’lponni boltalashdi
Nima bo’ldi ekan uning so’ngi so’zlari o’shanda
Tuyog’i najosat bosib to’ng’izlar kezdi gulshanda
Qurbonjon dodxo misoli Madaminbekni aldashdi
Ming to’qqizyuz o’ttiz sakkiz, Cho’lponni boltalashdi
Usmonga nasib e’tmadi o’z yurtidan bir mozor
Hurlikni orzuv qilgancha o’tdi tuprog’iga zor
Qodiriy, Cho’lpon, Fitratni nima sababdan qamashdi?
Jallodlar o’q topolmay, Cho’lponni boltalashdi
Faryod bilan qon yig’lab ketdi baxorlar
Dushmanni qo’lida jon berdi daxolar
nega yig’lamaysan ey yurtim bu holga
axir dushman bolangni otgan olovga
Jallodlarning bir tuki ham qilt etmagan ehtimol
O’ris jallod tig’ urdi, hoyin o’rtada dallol
yuraklar muzladi, qarg’alar sovuq qotdi
Ruslar bolta charxladi, o’zbeklar o’zbekni sotdi
Qaylarda qoldi nara tortgan paxlavonlaring
Qabri oyoq ostida toptaldi bobolaring
Tovon o’pib shoir bo’lgan bu shoirlar shon talashdi
Jallodlar o’q topolmay, Cho’lponni boltalashdi
Paxtalar ekib og’u sochdi boshing uzra rus
Sariq kasal bo’lib nobut bo’ldi norasidalar
Yalaqi rayislaring cho’chqalardan oldi tus
Yuvolmayman armoningni bitsam ming qasidalar
Olmonya bag’ridan qaytolmadi toliblar
qaytganlari otildi qilt etmadi qotillar
Turkiston jahannam bo’ldi, xoyinlar o’t qalashdi
Otildi Qodiriy, Cho’lponni boltalashdi
Faryod bilan qon yig’lab ketdi baxorlar
Dushmanni qo’lida jon berdi daxolar
nega yig’lamaysan ey yurtim bu holga
axir dushman bolangni otgan olovga
