AbroBey - Bayram

- Исполнитель: AbroBey
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 30.05.2026
- Добавил: UzMusic
- Метки: AbroBey, AbroBey 2026
Qoch, bugun faqat kulaman,
Bosh oqqan tomon suzaman.
Yosh bolaman, hali bebosh,
Oʻynab-oʻynab yuraman,
Ha, ishlarim koʻp, bilaman, ey,
Ishlarni bir sabab qilaman,
Yashay odamday,
Odam yashaydi,
Oʻynab-kulaman.
Boʻsh vaqtni sarfla ishga
Uyalmaysanmi yurishga?
Yoʻq, xohlasam chiqaman ishga,
Olma ogʻzimga tushgani pishgan.
Eskidan eskicha iboralar,
Kattani hurmat qilsin bolalar.
Yangi zamon, eski idoralar,
Haqqingni bilmasang, yoʻq adolat.
Quvlamayman odamlar izidan,
Oʻtib boʻlsin odamlar oʻzidan,
Keragi yoʻq baland darvoza ham,
Oʻrtadan quraman, uy qursamam.
Oʻynasin xolalar,
Sovrin yozdirsin togʻalar,
Baland-baland toʻyxonalar,
Jiring-jiring piyolalar.
Qoch, bugun faqat kulaman,
Bosh oqqan tomon suzaman.
Yosh bolaman, hali bebosh,
Oʻynab-oʻynab yuraman,
Ha, ishlarim koʻp, bilaman, ey,
Ishlarni bir sabab qilaman,
Yashay odamday,
Odam yashaydi,
Oʻynab-kulaman.
Juda koʻp ishlabdi ayrimlar oʻzicha,
Koʻp ishlab hangrasa, eshak u men uchun.
Bilsangiz, bir xilmas hammaning qarichi,
Aravamni tortdim, desin aravachilar.
Loy boʻlsa, oʻt oyogʻing uchida,
Hammaning bir dardi bor ichida.
Talashma dunyoda joy uchun,
Talashsang, nom uchun olasan choy ichib.
Yoʻq abad, biron narsa yoʻq abad,
Yoʻq-yoʻq abad, hech bir odam yoʻq abad.
Yoʻq abad, biron narsa yoʻq abad,
Yoʻq-yoʻq abad, hech bir odam yoʻq abad.
Oʻt chaqnab oyoqlarimdan,
Sakrab misli qush havoda,
Qoʻy tashvishni, qoʻy tarona,
Dam oling tinglab navoni.
Oyparastman, uxlab yoʻl topaman,
Yaxshi otman, vaqtida chopaman.
Oʻynasam, yutaman-da, keyin yotaman,
Ishimga ustaman, moʻljalga otaman
