John Roomy - Bir gunoh eding

- Исполнитель: John Roomy
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 10.08.2026
- Добавил: UzMusic
- Метки: John Roomy, John Roomy 2026
Yelkamga ortilgan bir gunoh eding,
To'kilib ketma deb qilmasdim tavba.
Noto'g'ri bir vaqti uchrashib qoldik,
Va bizga ayriliq qilindi "sovg'a".
Bevafo demayman haqqim yo'q axir,
Shunchaki bu bizga bitilgan qismat.
Eng chigal o'yinin o'ynadi taqdir,
Bizning nozik nuqta edi muhabbat.
Bir gunoh haqqiga hayr tilandik,
Hukmlar öqildi, hayrlashdik jim...
Asli eng boshidan buni bilgandik,
Yordam berolmasdi bizlarga hech kim...
Sinadi, sinaldik, sindik, yiqildik,
Qarshi chiqmoqlikka qilmadik isyon.
Yaratgan hukmining haqligin bildik,
Qancha tirishmasin ojizdir inson...
Yurakda armonli muhabbat qoldi,
Shundan söng sevmadik, sevilmadik ham...
Köngillar hayotdan yaxshi dars oldi,
Angladik, dunyoning doim biri kam...
Yelkamga ortilgan bir gunoh eding,
To'kilib ketma deb qilmasdim tavba.
Noto'g'ri bir vaqti uchrashib qoldik,
Va bizga ayriliq qilindi "sovg'a".
