Ummon - Yuragim to’xtab borar qo`shiq matni
Sen men bilan,
Lekin bir kun yuqotaman,
Sen bilmaysan –
Bir kun meni yuqotasan.
Kel bag`rimga,
Yashagim kelar yana, yana,
Sen sezmayapsan,
Umrim tugamoqda bag`ringda.
Yuragim to`xtab borar,
Umrim oxirlab borar,
Tanimda jonim ketib,
Jonimda armon qolar. (x2)
Kechir, bugun qong`iroqlaring bejavob qoldi,
Tabibda edim, umrim ham oz qoldi.
Senga aytgim keladi nega bejavob xatlaring,
Umrim o`tib bormiqda, nahot sezmas yuraging?
Nega xafasan, nega tushunmaysan?
Axir aytolmayman umrim oz qoldi deb.
Sen esa arazlab,
Mayda qadam tashlab ketmoqdasan,
Bir umr meni tashlab.
Har gal xafa bolsang,
O`zimni ovutardim,
Endi kechir meni ortiq ovutolmasman,
Har xil xatlar yozib, sani erkalolmasman.
Kechirgin, dardim bor, dardimdan qocholmasman,
Yashagim kelar yana oz bo`lsa ham.
Kechir, jonim mani, endi mani kormaysan,
Sen esa arazlab mayda qadam tashlab,
Ketmoqdasan bir umrga meni tashlab.
Uyg`onganingda tongda
Yuraging bo`lar mahsun,
Avval tushunmaysan nega
Tushingga kirdim men bugun.
Ko`p o`ylab boringda
So`ngra qong`iroq qilib,
Lek javob ololmaysan,
Axir o`laman jon berib.
Yuragim to`xtab borar,
Umrim oxirlab borar,
Tanimda jonim ketib,
Jonimda armon qolar. (x2)