Ummon - Yig’lamagin qo`shiq matni

Seni sevib o`tib ketdi yoshlik,
O`tib ketdi vaqt, faqat yig`ildi dard.
Bu yil hatto gullamadi biz ekkan daraxt,
Qara qolganlari turibdi gullab.
“Seni sevaman” dema, yolvoraman,
Bu so`zlarni ming bora tinglaganman,
Qanday seni kechiray, ayt?

Bilaman, endi ikkimizga ham bo`ladi og`ir,
Senga tilayman sabr, oq yo`l.
Senga yashil, men esa to`xtadim,
Yolg`onlaringdan oxiri ko`rinmay qo`ydi manzil.
Bora-bora oxiri baribir tugadi sabr,
Boshida og`ir, keyin esa alam,
Keyin esa oddiy holga aylanib qoldi alam ham.

Sen men deb yig`lamagin, yuragimni ezmagin,
Holimni so`rmagin, keragi yo`q.
Men seni ming sevsam ham,
Jonim bilan o`lchasam, arzimadim ham. (x2)

Agarda so`zlaringga bo`lsa ham isbot,
Qilib qo`ysang ham ot, baribir ishonmayman umrbod.
Chunki sening so`zlaringdan ko`ra ko`zlarimga ishonaman ko`proq.
Uzoq manzili yo`q yo`ldan olib ketding mani qayga?
Men sho`tta to`xtadim, sekin qaytaman ortga.
Sen esa ketaver boshing oqgan tarafga,
Hammasi tugadi, aylanib bo`ldi sarobga.

Oxiri yo`q bu yo`ldan yurib charchadim,
Seni qanchalar bilsam ham bilolmadim.
To`g`risi bu safardagisiga chiday olmadim,
Bu qilgan xiyonatingni kechirolmadim.

Agarda shu sevgi bo`lsa haqiqatdan,
Unday bo`lsa bugun man undan kechmoqdaman.
Mana hamma narsalaring ol,
Bugun seni yuragimdan yulib tashlamoqdaman.

Mana-mana man, mana san, mana man,
Bugun hammasi tamom agar bilsang.
Mana-mana man, mana san, mana man,
Mana hamma sovg`alar olib ketsang.
Mana-mana man, mana san, mana u,
Endi farqi yo`q kim bilan bo`lsang.
Mana-mana man, mana san, mana man,
Axir sani qanchalar sevardimku. (x2)

Sen men deb yig`lamagin, yuragimni ezmagin,
Holimni so`rmagin, keragi yo`q.
Men seni ming sevsam ham,
Jonim bilan o`lchasam, arzimadim ham. (x2)

Mana-mana man, mana san, mana man.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]