Ummon - Xazon qo`shiq matni

Yolg`izlik qiynama,
Men yolg`iz va hech kimsa
Bir holimni so`ramas,
Dardimga parvo qilmas.

Ko`zlarim yig`lama,
Yoshligim, achinma,
Endi ul o`zgalarda,
Sevgilim uzoqlarda.

Dardimga yo`qdir poyon,
O`zim o`zimga do`stman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.

Ko`zlarimdan oqqan xazon,
Orzularim bo`ldi hijron,
Nahotki, unutding oson?

Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Ko`zimdan xazon oqadi,
Nega yolg`iz etgansan? (x2)

Ko`zlarim so`nggi bor
Uni ko`rsaydi bir bor,
Bir zum taskin toparmidi,
Bir soniya quvonchlanarmidi.

Yuragim so`rar zor
Uni qaytar deb bir bor.
Lekin qo`limdan kelmas,
Uni qaytarib bo`lmas.

Dardimga yo`qdir poyon,
O`zim o`zimga do`stman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.

Ko`zlarimdan oqqan xazon,
Orzularim bo`ldi hijron,
Nahotki, unutding oson?

Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Ko`zimdan xazon oqadi,
Nega yolg`iz etgansan? (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]