Ummon - Voz kechding qo`shiq matni

U bilan ham bu bilan,
Yuraging hamma bilan.
Nega meni eslasang,
Yurak ezilar birdan?

Balki hayotingdagi
Birinchi insondirman,
Oxirgi bo`lolmadim,
Bunga sabab o`zingsan.

Esimda o`sha oqshom,
Yurak ezilar yomon,
O`zimga joy topolmay,
To`kildim bo`lib xazon.

Qanchalar kerak eding,
Qanchalar aziz eding,
Hammasi o`tib ketdi,
Nega san qaytib kelding?

Ne istaydi yuraging,
Agar meni sevmasa?
Ne istaydi ko`zlaring,
Meni ko`rgisi kelmasa?
Esimdaku so`zlaring,
“Meni tinch qo`y” deganding.
Nega ketding yuraging
Mendan voz kecholmasa? (x2)

Voz kecholmasa, voz kecholmasa…

Ne istaydi yuraging
Agarda meni sevmasa?
Agarda meni demasa,
Hatto ko`rgisi ham kelmasa.

Hammasiga qo`ymoqdasan yana nuqta,
Men esa bir chetdan kuzataman,
Yolg`onlaringga bo`lib iqror.
Yana shu yil birinchi bora yog`ganida qor,
Sen kelasan va birinchi muhabbatingligimni
Aytasan menga takror-takror.

Kechir, mani aybim – sani yuragingga birinchi bo`lib kirganim,
Kechir, mani aybim – san o`zgalar bilan ketganing.
Kechir, mani aybim – manga yana qaytib kelganing,
Kechir, sani aybing – mandan voz kechib ketolmading.

Ne istaydi yuraging,
Agar meni sevmasa?
Ne istaydi ko`zlaring,
Meni ko`rgisi kelmasa?
Esimdaku so`zlaring,
“Meni tinch qo`y” deganding.
Nega ketding yuraging
Mendan voz kecholmasa? (x2)

Ne istaydi yuraging,
Agar meni sevmasa? (voz kecholmasa)
Ne istaydi ko`zlaring,
Meni ko`rgisi kelmasa? (voz kecholmasa)
Esimdaku so`zlaring,
“Meni tinch qo`ygin” deganding.
Nega yana ayt, qaytib kelding?
Qaytib kelding…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]