Ummon - Ummondek bo’lolmaysan qo`shiq matni

Yomon alam qilar, alamidan kuyar,
Kimdir zo’rg’a chidar, kimdirlar kuylavorar.
Ma’nosi yo’q so’zlar, nimanidir ko’zlar,
Ko’rolmaganlarga bu qo’shig’imiz atalar.

Qiladi alam, yo’q bir narsa bir,
Yemagan she’rlari o’ziga o’xshab,
O’xshamagach, ularni hech kim eshitmasa,
Mandami ayb?
Baribir mani yerga urib, mandan o’tib ketolmaysan,
Ummon baribir Ummon-de, Ummondek bo’lolmaysan.

Mani qo’shiqlarim aylanar qo’shma shtatlarda,
Lekin sanlarning disklaring hatto listda ham yo’q.
Mani odnoklassnikimga kuniga 300 talab sms,
Sanlarga esa 1 oyda 1 ta ham yo’q.

Kommentariyamda faqat "Ummonga gap yo’q”,
Bu xatlarning esa umuman oxiri yo’q.
Bu degani muhlislarimizning oxiri yo’q,
Biz ularni sevamiz, ular bizlarni, o’.

Hayotda hech qaysi qiz uchun man siqilmadim,
Shunchaki qo’shiqlarimni shu yo’lda tanladim.
Maning yo’nalishim o’zimga ko’p yarashadi,
Shu yo’nalish o’zimniki, zato o’girlamadim.

Qo’shiqlarimning (boom-boom)larigacha o’zimga tegishli,
(chik-chik)larigacha, o’.
Sanlarga o’xshab hammadan o’girlab yurmadim,
Nimaga erishgan bo’lsam-da, o’zim erishdim.

Qiladi alam, yo’q bir narsa bir,
Yemagan she’rlari o’ziga o’xshab,
O’xshamagach, ularni hech kim eshitmasa,
Mandami ayb?
Baribir mani yerga urib, mandan o’tib ketolmaysan,
Ummon baribir Ummon-de, Ummondek bo’lolmaysan. (x2)

Yomon alam qilar, alamidan kuyar,
Kimdir zo’rg’a chidar, kimdirlar kuylavorar.
Ma’nosi yo’q so’zlar, nimanidir ko’zlar,
Ko’rolmaganlarga bu qo’shig’imiz atalar. (x2)

2007 yil Toshkentda man ko’tarildim,
2008 da Vodiy tomonlarga uchardim.
Bizlarni Farg’ona, Andijon sevib eshitardi,
Qo’qon va Namangan ulardan qolishmasdi.

2009 yil Sirdaryo va Buxoro,
O’sha yilning o’zida Qarshi va Surxondaryo.
Keldi 2010, Jizzax va Samarqand, o’,
Yozda Xorazm, o’, kuzda Nukus, o’.

Navoiydan o’tib, yana qaytdim Toshkentga,
2011 tor ijodim aylandi kengga.
Endi mani Qozog’iston, Rossiya, Amerika,
Eshitvotti Turkiya, qilmagin "isterika”.

Sanlarning yemagan disklaring kimlarga ham kerak?
Agar man disk yozsam, ko’zingga yosh to’lsa kerak.
Mani O’zbekiston va chet davlatlar tinglar,
Man javob yozolmayman, chunki mani xalq tinglar.

Qiladi alam, yo’q bir narsa bir,
Yemagan she’rlari o’ziga o’xshab,
O’xshamagach, ularni hech kim eshitmasa,
Mandami ayb?
Baribir mani yerga urib, mandan o’tib ketolmaysan,
Ummon baribir Ummon-de, Ummondek bo’lolmaysan. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]