Ummon - U bilan qo`shiq matni

Unutolmasman
Sen bilan o’tgan kunlarimni, netay?
O’rganolmasman,
Qanday bilmam, sensizlikka ko’nib yashay?

Ishonolmasman,
Nahotki, ketding qaytmas bo’lib yonimdan?
Kecholmasman,
O’ylayverib, o’ylarimdan qocholmasman.

Netay, o’tdi
Eng go’zal, eng nafis kunlarim u bilan,
Eng shirin onlar, orzularim u bilan.
Bir qora tun keldi, ketdi va usizman,
Qoldim yolg’iz man. (x2)

Qora tun olib ketdi uni mendan,
Yuragimdan, hayotimdan.
O’tgan lahzalarni eslab, to’lar ko’zimga yosh,
Edim u bilan, qoldim usiz man.

Qaytmasligingni bilib turib, kutdim uxlamay tunlar,
Xotiralar boshim uzra aylanaverar,
Qilib uni o’ylashga majbur.
Hammasi bitib, bo’ldi tamom, bo’ldi kun.

Qorong’u tun, nima uchun qilding baxtim yarim,
Nima uchun olib ketding maning yarmim?
Axir dunyoda shuncha baxlilar borku,
Yoki ular ham men kabi xormu?

Yorug’lik, qancha kutay yana seni?
Bor umidim faqat sendan endi.
Nega hech kim tinglamaydi maning dardim,
Yonimda bo’lganida u, sezilardi qadrim.

Yodimda hamon,
Har on, har daqiqa qoldi esda.
Yodimda hamon,
Kulib turib, chorlashlaring o’zing tomon.

Yodimdan ketmas,
Sog’inch-qafas qo’yib yuborgisi kelmas.
Yonimda bir pas
Bo’lishing uchun ortiq olmasdim nafas.

Netay, o’tdi
Eng go’zal, eng nafis kunlarim u bilan,
Eng shirin onlar, orzularim u bilan.
Bir qora tun keldi, ketdi va usizman,
Qoldim yolg’iz man. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]