Ummon - Tundan kun ketdi qo`shiq matni

Dardlarimni men bu tun
Aytolmasman hech kimga,
Sen bilasan yolg`iz tun,
Dardim ayon o`zingga.

Ikkimiz ham ayrildik –
Sendan kun, mendan yor…
Ikkimiz ham ayrildik –
Sendan kun, mendan yor ketdi.

Nechun bizni ayirdi taqdir,
Ne uchun kun bilan do`st inson?
Tun esa yolg`iz qolib ketdi –
Mendan yor, undan kun ketdi.

Mendan yor, sendan kun ketdi,
Bizdan butkul.
Qilmaydi hech kim parvo,
Yolg`izmiz, ey Xudo. (x2)

Qachonlardir birga edi kechayu kun,
Qachonlardir birga edik, bitta butun.
Bir-birimizni sevardik jonimizdan ustun,
Ayrildi kundan tun, ayrildik bitta butun.

Nechun dardi borlar faqat tunda yig`lar,
Nechun baxti yorlar faqat kunda uchrashar?
Balki kundan tun emas, tundan kun kechganligi uchun
Har bir insonning dardini tun anglay olar.

Yig`lama tun, oradan 10 yil o`tar,
Sen ko`rasan sevgiling – kunu tun tutashar.
Lek men esa hech qachon ko`ra olmayman uni,
Sen yo`qotganday kunni, yo`qotdim men ham uni.

U mendan kechib ketdi, men undan kecholmasman,
Yig`laganimda kuldi, yig`lasa kulolmasman.
Netay unutolmasman, dardimiz bir, bedormiz bir umr.

Nechun bizni ayirdi taqdir,
Ne uchun kun bilan do`st inson?
Tun esa yolg`iz qolib ketdi –
Mendan yor, undan kun ketdi.

Mendan yor, sendan kun ketdi,
Bizdan butkul.
Qilmaydi hech kim parvo,
Yolg`izmiz, ey Xudo. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]