Ummon - Tola qo`shiq matni

Yuzta toladan qoldi bir tola,
Qolgani bo`ldi kul yona-yona.
Tushunmoqdamisan, yana qoldi oz?
So`zlarimga etibor ber biroz.

Qoldi so`nggi tola,
Bizni bog`lab turgan tola.
Deyarli to`ldi sabr,
Qara, ko`ngillar jar yoqasida.

Qoldi so`nggi tola,
Bizni bog`lab turgan tola.
Deyarli to`ldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.

Yuzta qadamdan qoldi bir qadam,
Qadamlar ortida to`la alam.
Alamlar ustida sening izing,
Ishonchimning ustidan bosib kelding.

Oxir baribir uzilib ketdi so`nggi tola,
Nahotki, yuragingga yetib bormadi ichimdagi nola?
Qosh ko`zlari qora, yuragimdagi yagona,
Sabr to`ldi yolvora.

Borgan sari ko`payib ketdi, sendagi bu yurishlar,
Hayotingga yana qo`shilib ketdi kimlar?
Gar kun kelib sog`insang,
Sen meni emas, men senga aytgan so`zlarimni esla,

Qoldi so`nggi tola,
Bizni bog`lab turgan tola.
Deyarli to`ldi sabr,
Qara, ko`ngillar jar yoqasida.

Qoldi so`nggi tola,
Bizni bog`lab turgan tola.
Deyarli to`ldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]