Ummon - To’xta qo`shiq matni
Bir zum to`xta,
Agarda qaytib kelmasang, to`xta!
Bu yuragim ol, senga sovg`a,
Uni manga umuman keragi yo`q.
Chunki unda
Yashamoqda yolg`on va’dalar,
Qora qoshu sochi sumbullar,
Ichi to`la sog`inchu qayg`ular.
Bir kun kelib, sog`inganim,
Meni yo`qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog`ingan – men,
Mensiz baxtli yurgandirsan? (x2)
Bir zum to`xta,
Qaysi yo`l bilan ketmoqdasan?
Mani kimlarga, ayt, alishmoqdasan?
Nahotki yuragingda endi men emas?
Meni esa yuragim sensiz yashay olmas.
Daraxtlardan to`kilib bo`lgan xazonlar,
Barglarga burkanib yotar biz o`tirgan o`rindiqlar.
Ularning tagida sog`inchu azoblar,
Nobud bo`lib bo`lgan tuyg`ular.
Agarda bo`lsang baxtiyor,
Mayli, mani eslamay ham qo`yaqol.
Faqatgina bitta dona iltimosim bor –
Bu yuragim seniki, uni o`zing bilan olvol.
Va doim asra,
U seni deb uradi yil, oy,
Hafta, kun va har bir daqiqa,
Uni sendan ortiq hech kimi yo’q hayotida.
Bir kun kelib, sog`inganim,
Meni yo`qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog`ingan – men,
Mensiz baxtli yurgandirsan? (x2)
Agarda qaytib kelmasang, to`xta!
Bu yuragim ol, senga sovg`a,
Uni manga umuman keragi yo`q.
Chunki unda
Yashamoqda yolg`on va’dalar,
Qora qoshu sochi sumbullar,
Ichi to`la sog`inchu qayg`ular.
Bir kun kelib, sog`inganim,
Meni yo`qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog`ingan – men,
Mensiz baxtli yurgandirsan? (x2)
Bir zum to`xta,
Qaysi yo`l bilan ketmoqdasan?
Mani kimlarga, ayt, alishmoqdasan?
Nahotki yuragingda endi men emas?
Meni esa yuragim sensiz yashay olmas.
Daraxtlardan to`kilib bo`lgan xazonlar,
Barglarga burkanib yotar biz o`tirgan o`rindiqlar.
Ularning tagida sog`inchu azoblar,
Nobud bo`lib bo`lgan tuyg`ular.
Agarda bo`lsang baxtiyor,
Mayli, mani eslamay ham qo`yaqol.
Faqatgina bitta dona iltimosim bor –
Bu yuragim seniki, uni o`zing bilan olvol.
Va doim asra,
U seni deb uradi yil, oy,
Hafta, kun va har bir daqiqa,
Uni sendan ortiq hech kimi yo’q hayotida.
Bir kun kelib, sog`inganim,
Meni yo`qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog`ingan – men,
Mensiz baxtli yurgandirsan? (x2)
Читать также
Комментарии (0)