Ummon - Telba qo`shiq matni

Yana ozgina og`ridi yurak,
Yana ozgina kutib tursam kerak.
Bugun shu yo`ldan o`tdi nechta sevishgan,
Men tongda kutgan kelmadi kechga ham.

Yana ozgina ko`zga keldi yosh,
So`zlaringga ham qolmabdi ishonch.
Yurak yurakmi sog`inmasa unda?
Men seni sevaman, lek sen buni bilma.

Keldi kuz, lekin u kelmadi na kun na tun,
Ketmoqdaman uyga bo`lib mahzun,
So`nmoqdadir oxirgi uchqun.
Mana u yana, yana o`zim o`zimga sig`mayapman,
Yana tun bo`yi uxlay olmayman
Va erta tongdan uni izlayman.

Sen ham meni esla (esla),
Sen ham meni o`yla (o`yla),
Holim ne kechmoqda deb
Men telbani yo`qla (yo`qla).
Bir kun kelar deya,
Eski uying oldida
Kutmoqdaman har kun,
Balki kelar deb bugun. (x2)

Esimda o`sha oxirgi kun
Va sani so`nggi so`zlaring.
San deding “Ertaga tongda keling”,
“Biz ko`chib ketmoqdamiz boshqa uyga”.
Uchrashuv belgilandi ertangi kunga.
O`tdi tun, otdi tong
Va ertalabdan ketmoqdaman sani uying tomon
Va yetib keldim manzilga.
Nega hech kim yo`q uyda?
Qo`shnilar deydi “Kecha ko`chib ketishdi ular tunda”.
O`sha kun kechgacha kutdim sani
Bilmadim nechigacha,
Balki kelar u ertaga
Deya qaytib ketdim ortimga.
Ertasiga yana shu hol,
O`sha kundan beri tunlarim bedor.
Yetishmayapti yurakka iliqlik,
Yetishmayapti sandagi ifor.
Yurak yurakni sog`inmasa unda,
Man sani sevaman, lekin san buni bilma.

Ko`zlarimdan oqayotgan
Har bir tomchi yoshimdan
Seni izladim takror.
Sharqdan esayotgan shamol
Olib ket meni uzoq,
Bo`lgim keladi ozod.
Ko`zlarimdan oqayotgan
Har bir sog`inch yoshimdan
Seni izladim takror.
Sharqdan esayotgan shamol
Olib ket meni uzoq,
Bo`lgim keladi ozod.

Sen ham meni esla (esla),
Sen ham meni o`yla (o`yla),
Holim ne kechmoqda deb
Men telbani yo`qla (yo`qla).
Bir kun kelar deya,
Eski uying oldida
Kutmoqdaman har kun,
Balki kelar deb bugun. (x2)
Balki kelar deb bugun yoki ertaga.




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Ummon - Shoshilma qo`shiq matni128 kbps10-10-2016, 23:02Скачать
Ummon - Voz kechding qo`shiq matni128 kbps10-10-2016, 22:56Скачать
Ummon - Yana, yana qo`shiq matni128 kbps10-10-2016, 22:55Скачать
Ummon - Yuragim to’xtab borar qo`shiq matni128 kbps10-10-2016, 22:42Скачать
A'loNur - Yana yana128 kbps7-01-2015, 14:14Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2020 бесплатно.