Ummon - Soat 7 da qo`shiq matni
Ko’ngil berib adashding-a, nima kam edi senga?
Parvo qilmading hech kimning so’ziga.
Baribir seni berishmas unga, buni aytgansan unga,
Ko’ngil berding nega unga?
Bola dedi: “Yur”, deb “qochamiz,
O’z-o’zimizni baxtli etamiz,
Chamasi yettilarga ketamiz”.
Qiz esa sodda, bo’ldi rozi.
Hech kim bilmaydi,
Ona tunlar bedor yig’laydi.
Qiz hatto eslamaydi,
Loaqal bir xat yozmaydi.
Soat yettida, soat-soat yettida,
Yettida, yettida, soat-soat yettida,
Ketganicha qaytmadi u,
Ona esa yig’laydiku.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
Ota ko’cha kezar, yolg’iz qizini izlar,
Yillar ortidan yillar quvar.
Kunlar-tunlar o’tib ketdi,
Kuz ham o’tib, qorlar keldi.
Ona yig’lar derazadan,
Ota izlaydi ko’chadan.
Oylar, yillar o’tib ketdi,
Tushga ota yig’lab kelibdi:
“Qizim nahot sog’inmading?
Ko’z yoshga bizni cho’ktirib.”
Qiz dedi: “Yur”, deb “qaytamiz,
Otamni roziligin olamiz,
Onam mehribon tushuntira olamiz.”
Qiz dedi: “Yur, qaytdik uyga.”
Bola dedi: “Yo’q”, deb “bormayman,
Ularni ko’rgim yo’q, men otlanmayman,
Sen borsang boraver, lek men bormayman.”
U bir o’zi qaytdi uyga.
Qiz uyga qaytar ekan,
Har xil bahonalar izlar ekan.
Nima desam bo’lar ekan? — deya,
Yetib kelibdi uyga.
Soat yettida, soat-soat yettida,
Yettida, yettida, soat-soat yettida,
Ketganicha qaytmadi u,
Ona esa yig’laydiku.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
Ota ko’cha kezar, yolg’iz qizini izlar,
Yillar ortidan yillar quvar.
O’n besh yil o’tib, qaytib keldi qiz uyga,
Uyda hech kim yo’q, savol javobsiz nega?
Yugurib borib to’g’ridagi qo’shniga, deb so’radi:
“Qani ota-onam mani?”
Sog’-omonmisan o’zing? Qaylarda eding?
Nega bunchalar yo’q bo’lib ketding?
Ular endi yo’q, ularni topolmaysan,
Ular ham seni izlab ketdilar, topolmaysan.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
O’tdi seni izlab, o’tdi seni izlab.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
Ota ko’cha kezar, yolg’iz qizini izlar,
Yurak bizlarni olib ketar.
Parvo qilmading hech kimning so’ziga.
Baribir seni berishmas unga, buni aytgansan unga,
Ko’ngil berding nega unga?
Bola dedi: “Yur”, deb “qochamiz,
O’z-o’zimizni baxtli etamiz,
Chamasi yettilarga ketamiz”.
Qiz esa sodda, bo’ldi rozi.
Hech kim bilmaydi,
Ona tunlar bedor yig’laydi.
Qiz hatto eslamaydi,
Loaqal bir xat yozmaydi.
Soat yettida, soat-soat yettida,
Yettida, yettida, soat-soat yettida,
Ketganicha qaytmadi u,
Ona esa yig’laydiku.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
Ota ko’cha kezar, yolg’iz qizini izlar,
Yillar ortidan yillar quvar.
Kunlar-tunlar o’tib ketdi,
Kuz ham o’tib, qorlar keldi.
Ona yig’lar derazadan,
Ota izlaydi ko’chadan.
Oylar, yillar o’tib ketdi,
Tushga ota yig’lab kelibdi:
“Qizim nahot sog’inmading?
Ko’z yoshga bizni cho’ktirib.”
Qiz dedi: “Yur”, deb “qaytamiz,
Otamni roziligin olamiz,
Onam mehribon tushuntira olamiz.”
Qiz dedi: “Yur, qaytdik uyga.”
Bola dedi: “Yo’q”, deb “bormayman,
Ularni ko’rgim yo’q, men otlanmayman,
Sen borsang boraver, lek men bormayman.”
U bir o’zi qaytdi uyga.
Qiz uyga qaytar ekan,
Har xil bahonalar izlar ekan.
Nima desam bo’lar ekan? — deya,
Yetib kelibdi uyga.
Soat yettida, soat-soat yettida,
Yettida, yettida, soat-soat yettida,
Ketganicha qaytmadi u,
Ona esa yig’laydiku.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
Ota ko’cha kezar, yolg’iz qizini izlar,
Yillar ortidan yillar quvar.
O’n besh yil o’tib, qaytib keldi qiz uyga,
Uyda hech kim yo’q, savol javobsiz nega?
Yugurib borib to’g’ridagi qo’shniga, deb so’radi:
“Qani ota-onam mani?”
Sog’-omonmisan o’zing? Qaylarda eding?
Nega bunchalar yo’q bo’lib ketding?
Ular endi yo’q, ularni topolmaysan,
Ular ham seni izlab ketdilar, topolmaysan.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
O’tdi seni izlab, o’tdi seni izlab.
Bedor kechalar, bedor-bedor kechalar,
Ota ko’cha kezar, yolg’iz qizini izlar,
Yurak bizlarni olib ketar.
Читать также
Комментарии (0)