Ummon - Shamol qo`shiq matni
Ketmas xayollarimdan sen bilan o`tgan kunlar,
Qaytarmi ortga ular, balki yo`q?
Balki ha, balki men hamon yodingda,
Har kun xayollaring menda, balki aksincha?
Derazam ortidagi shamol
Seni menga eslatadi, kunduz va kechalari.
Tushlaringga kelamanmi yor,
O`ylab yotsam tunlari?
Aytgin, derazam ortidagi shamol,
Qachon bag`rimga qaytadi bedor kutganim mani?
Derazam ortidagi shamol,
Nahot u sog`inmadi?
Nahotki, sog`inmadi mani yarmim?
Mani qismim, unutib yubordi jismim.
O`zimni o`zim aldayverib charchadim,
Keladi deb ertami kech ishonar edim.
Lek vaqt o`tgani sari ishonganlarimga ham
Ishonmay qo`ydim.
Kelarmikin san tomondan shamol bo`lib sado?
Yuragimning dardiga bitta dona bo`lsa ham
Topa olarmikin davo?
Shuncha azoblarni hayotimga qilib mahliyo,
Lekin bir bor kelib ko`rishni ko`rmading ravo.
Ba`zan hamon yetmaydi havo,
Nafaslaringni sog`indim, ey dilrabo.
Sog`inmoqdamisan sen ham meni mendan yiroqda,
O`z yarmingni yarmingdan uzoqda?
Yoki baxtlimisan?
(Tashlab mani firoqda?)
Ey dilrabo, qaytar hayotimga ma`no,
Ey dilrabo, o`zingdan etma judo.
Ey dilrabo, kutaverib qolmadi bardosh,
Ey, dil aro bo`ldi yurak mubtalo.

Читать также
Комментарии (0)