Ummon - Sabab qo`shiq matni

Eslaylik agarda kechalar yog`sa yomg`ir,
Bu degani – mani ko`zlarimdagi yoshimdir.
Agarda kelganida kuz tokilmasa barglar,
Bu degani – man xazonman, ustimda dardlar.

Agarda kelganda bahor ochilmasa gullar,
Bu degani – man yo`qman, lek yashar tuyg`ular.
Afsuski, u tuyg`ularga egadir o`zgalar,
Nahotki endi seni erkalar o`zga qo`llar?

Qani endi ketganingga bo`lganda bir aniq sabab,
Kechalari qiynalmasdim, buzilmasdi asab.
Ko`zlarim nam bo`lmasdi uyg`onganda ertalab,
Tushlarimga kirasan o`zgalarni erkalab.

Endi sani qaytarish
Oqayotgan suvni ortiga oqishi kerakdek gap.
Endi qilmay qancha harakat, hammasi befoyda.
Sevgida yo`q qoida,
Sen mendan ketgansan, lek sababi nimada?

Ketma deya ulgurmadim senga,
O`zga uzatgan gullarni alishdingmi menga?
Kerakmas edi oltinlardan dunyo menga.

Ne bo`lsa bo`lgan, lekin u kelmas,
Meni unutgan ul, unutgim kelmas.
Ne bo`lsa bo`lgan, lekin u kelmas, kelmas.

Bugun sani tushumda ko`rdim o`zga bilan,
Yuzingda tabassum, qo`lingda qullar bilan.
Cheksiz sog`inchlar bilan uyg`onib ketdim,
Tush ekan-ku deya xursand bo`lib ketdim.

Ertasiga o`sha holda turarding haqiqatdan,
Ko`l bo`ldi ko`z yoshlarim, chiday olmay alamdan.
O`sha kunlar tabassum, men unutilgan bo`ldim,
Keldi tushim o`ngidan – uni o`zga bilan ko`rdim.

Bugun tushunib yetdim – sani bir umrga yo`qotdim,
Lek ortingdan yig`lab qoldi qalbimdagi hislarim.
Allohim, qilmishiga jim ketdim-u, lek ichimdan dodladim,
Bir so`z aytolmadim.

Nam ko`rmagan ko`zlarimni aylantirdi-ku ko`lga,
Go`zal visoli misoli o`xshardi oltin to`rga.
O`sha to`rning har tolasi yo`l bermas unutishga,
Achinib o`tgan kunga, izlayman sabab bunga.

Men tunu-kun o`ylab-o`ylab, ketganingga izlab sabab,
Kutardim suratga qarab, deya qaytargin uni, yo Rab.
O`zim-o`zimdan so`rayman, nedir aybim bilolmayman,
Sen ketding besabab mendan, izlayman sabab bunga.

Ne bo`lsa bo`lgan, lekin u kelmas,
Meni unutgan ul, unutgim kelmas.
Ne bo`lsa bo`lgan, lekin u kelmas, kelmas.

Seni taqdir uchratgandi menga,
Sen bog`lab olganding o`z qalbingga.
Kimni deya tark etding sen meni?
Aytgin, jonginam.

(Ne bo`lsa bo`lgan, unga qaytolmayman,
Uni unutganman, uni deyolmayman. (x2))

Ketma deya ulgurmadim senga,
O`zga uzatgan gullarni alishdingmi menga?
Kerakmas edi oltinlardan dunyo menga.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]