Ummon - O’ asalim qo`shiq matni

(Ha-ha, Ummon, o’ asalim,
Wow, yes, aha)

O’ asalim, dilimda yosh,
Yana qancha kutayin,
Qancha berayin bardosh? (x4)

Sog’inchlarim qiynar tuni bo’yi,
Bunchalar og’ir kechmasa ishqimning o’yi?
Dil pora bo’ldi, sabrdor bo’ldi,
Ko’zim yo’lingda
Zor-zor kutarman, sani sog’inarman.

Dil bo’ldi pora, yuragimga chora,
Sarsonu sargardon bo’ldim, qosh-ko’zi qop-qora.
Tunu-kun ovoraman, ishqingda bechoraman,
Sog’inib ketdim, jonim, dilimda-yu seni sevaman

Qiynamagin bo’ldi, sabr kosam to’ldi
Asablarim bittama-bitta oxiri tugab bo’ldi.
Ko’zlaringda manmi, vujudingda manmi,
Yo sevganing bormi, ayt, ayt, ayt?

O’ asalim, dilimda yosh,
Yana qancha kutayin,
Qancha berayin bardosh? (x4)

Ko’zlarimga boqgin, kim qora, kim oq kim,
Sani jondan sevganni, jonim farqlay olgin.
Tunlar ko’chada yurma, rashq o’tida kuydirma,
Mani muhabbatimni mehring tubiga joyla.

Nega uzoqlardasan, nega mensiz baxtlisan,
Balki sog’ingandirsan, lek nechun eslamaysan?
Balki uyalasan-o, sensiz asrdir biroz,
Uyalma hammasi soz, kel jonim, kel jonim.

Sog’inib ko’zlaring, vujudim qiynalib, sabru toqat qolmadi,
Hech bir qizga sen kabi ko’nglim mani jondan tushmadi.
Sochlari jamalak, ko’zlari kapalak,
Nega, nega, nega, nega, ayt jonim, yo’q sendan darak?

O’ asalim, dilimda yosh,
Yana qancha kutayin,
Qancha berayin bardosh? (x8)

O’ asalim…
Yana qancha kutayin,
Qancha berayin bardosh? (x2)

O’ asalim, dilimda yosh,
Yana qancha kutayin,
Qancha berayin bardosh? (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]