Ummon - Ming afsus qo`shiq matni

Sen unga ishonma zinhor,
Uning sevgan yori bor.
So`zlariga ilinmagin,
Yosh umringni qilib xor.

Seni sevaman deydi,
Sensiz hayot yo`q deydi.

Sen unga ishonma zinhor,
Qo`llaridagi gullar
Bu shunchaki yolg`on izhor,
Keladi o`nlab maktublar.

Seni sevaman deydi,
Sensiz hayot yo`q deydi.

Negadir so`zlarimga qilmadi u parvo,
Negadir u bilan yuribdi bog`lar aro.
Negadir qizning qo`llarida o`sha gullar,
Yuzida kulgular.

Ming afsus, berib bo`lding ko`ngil,
Ming afsus, yurakka sig`mas qil.
Ming afsus, berib bo`lding-ku dil,
Ming afsus, yurakka sig`mas qil.

Sen unga ishonding, afsus,
Bahor o`tib keldi kuz,
Ko`zlaringdagi bu yoshlar
Uni qaytarmas, afsus.

Uni sevaman deysan,
Usiz hayot yo`q deysan.

Ko`zlaringdan yo`qoldi nur,
Qani yuzingda kulgular?
Sabr tugadiku butkul,
Sanga u havodek zarur.

Uni sevaman deysan,
Usiz hayot yo`q deysan.

Negadir so`zlarimga qilmadi u parvo,
Negadir u bilan yuribdi bog`lar aro.
Negadir qizning qo`llarida o`sha gullar,
Yuzida kulgular.

Ming afsus, berib bo`lding ko`ngil,
Ming afsus, yurakka sig`mas qil.
Ming afsus, berib bo`lding-ku dil,
Ming afsus, yurakka sig`mas qil.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]