Ummon - Mariya qo`shiq matni

Bir bor to`xtagin,
Ko`zimga qaray olsang, bir qaragin,
Tuyg`ularingni qancha yashirmagin,
Sen mening hayotimdagi keragim, keragim.

Ozgina harakat,
Sanga yetisha olaman-ku albat.
Jonim, sani doim asrab-avaylab,
Baxtga yetaklayman sani ataylab.

Hey senyorina, hey, hey, hey senyorina,
Hey senyorina, hey, hey, hey senyorina,
Ho Mariya, asalim mani, ho Mariya. (x2)

Sochlari jingalak,
Kipriklari bamisoli kapalak,
Qoshlari kamon, yurishlari falak,
Bu dunyoda faqat sen menga kerak.

Yuzlaring yashirma,
Lutfingga man yana zorman, yashirma.
Atirlaringga payvandman, ayirma,
Ko`zlaringni ko`zlarimdan qayirma.

Hey senyorina, hey, hey, hey senyorina,
Hey senyorina, hey, hey, hey senyorina,
Ho Mariya, asalim mani, ho Mariya. (x2)
O Mariya.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]