Ummon - Kerakmassan qo`shiq matni

Seni qiynar azoblar, aldangan ko’ngling yig’lar,
Ezardi seni o’ylab.
Bilasan, umid yo’qdir, lekin umidvor qalbing,
Daryodek kengdir darding.

Yor bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u,
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi.

Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi u.

Dardingga qo’shib dardlar, ketdi u seni tashlab,
Sen esa intizorsan, yig’laysan uni eslab.
Oldingda ikki sohil, biri sensan, biri u,
Lekin unga tutashmak juda og’ir, mushkuldir.

Yor bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u,
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi.
Yor bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u,
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi u.

Tashvishga ko’mma o’zingni, unutgin uni,
Befoyda, uni ko’zlarida o’zingni izlash bari befoyda.

Yor bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u,
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi.
Yor bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u,
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi u.

(Kerakmassan… yor, yor…(x4))
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]