Ummon - Kerakmas qo`shiq matni

Sevardi qiz uni jondan,
Yurak bag`ri sindi yordan.
Kutmagandi, lekin afsus
U ketdiyu va keldi kuz.

Kuz keldimi albatta keladi bahor,
Faqat qishning sovug`idan o`tib ol.
Qiz esa hamon undan umidvor, umidvor.

Qiz unga ishonardi o`zidan ko`proq,
Maftun ko`zlariga dunyo ko`rinar qora-oq.
U bilan o`rganib bo`lgan olishga nafas,
Qizga undan ortiq hech kim kerakmas.
Kerakmas, kerakmas, kerakmas.

Yog`ar yomg`ir, kuz yig`lar,
Bechora qiz endi netar?
Yuragida uning ismi,
Ko`z oldidan ketmas jismi.

Xayollarini o`g`irlab ketdi-ku u,
Achinmadi yosh qizga.
Qiz esa birinchi bor sevgan edi
Hayotida, xayolida. (xayolida)

Qiz unga ishonardi o`zidan ko`proq,
Maftun ko`zlariga dunyo ko`rinar qora-oq.
U bilan o`rganib bo`lgan olishga nafas,
Qizga undan ortiq hech kim kerakmas.
Kerakmas, kerakmas, kerakmas.

Bilsang edi qanchalar behol,
Kutdi sani tunlar bo`lib bedor,
Derazadan yo`llaringga bo`lib intizor,
Bir shirin so`zingga etding zor.

Kuz keldimi albatta keladi bahor,
Faqat qishning sovug`idan o`tib ol.
O`tib ol, o`tib ol…
(Qiz unga ishonardi…)

Qiz unga ishonardi o`zidan ko`proq,
Endi ko`zlariga na qora ham oppoq.
Usiz ham o`rganib bo`ldi olishga nafas,
Qizga endi bola umuman kerakmas.
Kerakmas, kerakmas, kerakmas.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]