Ummon - Jonim yur qo`shiq matni

Beraman bitta savol, boshqa savolim yo`q,
Men bilan bo`lging keladimi, ha yoki yo`q?
Agar xohlasang olib ketaman seni yiroqqa, uzoqqa.

Lekin shoshma ozgina vaqt bor, yana o`ylab ko`r,
Balki bo`lgin kelmaydi men bilan.
Yoki aksincha yuraging zor, javob ham tayyor,
Sen rozisan men bilan.

Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Ertangi reys bizni kutmoqda.
Lekin haliyam savolim so`roqda, so`roqda.

Sen bilan agar orzularim bog`lansa,
Sen bilan osmonlardan baland uchamiz,
Oldingidan yiroq, dengizga yaqinroq,
Sen bilan qanot qoqib uchamiz, uchamiz…

Sen mening osmonimsan, yulduzlarga to`la,
Sen mening oftobimsan, yonasan nur socha.
Sochlaring shamol uchiradi erkalab,
Har kun uyg`onganingda ertalab.

Agar men bilan bo`lsang bo`lardim xursand,
Qalbimda qolmasdi na dard, gina, alam.
Hamma yorug`liklarni ko`rsatib birdan,
Seni baxtliroq qilar edim hammadan.

Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Ertangi reys bizni kutmoqda.
Lekin haliyam savolim so`roqda, so`roqda.

Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Yulduzlardan balandroqqa, dengizlardan chuqurroqqa.
Qayerga xohlasang yur, bo`lasan mani-mani malikam,
Man sani-sani-sani shahzodang, ikkimiz va dengiz.

Sen bilan agar orzularim bog`lansa,
Sen bilan osmonlardan baland uchamiz,
Oldingidan yiroq, dengizga yaqinroq,
Sen bilan qanot qoqib uchamiz, uchamiz…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]