Ummon - Ishon qo`shiq matni
Nega xafasan erkam, nega yuragingda g`am,
Nega lablaring kulmaydi kechagidek ham?
Nega savolimga javob berishga qo`rqasan,
Tushunmayman.
Sezaman ko`zlaring ortida to`la yosh,
Qara, oppoq qorlar ustiga charaqlar quyosh.
Nega menga ochilmaysan, bo`layin sirdosh,
Qanday azob bo`lsa ham, birga beramiz bardosh.
Yo`q, ko`zlaring ma`yusligiga chiday olmayman, yo`q,
Har bir so`zingga tog`ri yondoshaman, bo`lsin ko`ngling to`q.
Hatto, yuragimga qarab kelayotgan bo`lsa ham o`q,
Ortiqcha savol yo`q.
Faqat ayt, xafamisan mendan va nega?
(Bir kun kelib, tegib ketsam-chi jonizga?)
Men seni bir ko`rishda bog`laganman dilimga,
Nafaqat jonimdasan, singib ketgansan qonimga.
Ne bo`ldi senga, deb o`ylasam, sen mendan shubhadamisan?
Sensiz tor bu ko`chalar, sen-la chiroqsiz charaqlar tunda.
Qachon qaramay, yuzing ma`yus, sal qoldi bo`lardi muz,
Bo`lgin hayotimga quvonch, senga yarashmaydi ko`z yosh.
Ishon, jonim, olmos ko`zlaring, kipriklaring, qoshlaring,
So`zlaring va nozlaring havodek kerak, jonim, ishon.
Yuragimda yolg`iz so`zing, lek baribir ma`yus ko`zing,
Dilingda gar bo`lsa so`zing, ayt, bo`layin yaqin do`sting.
Yur, xohlasang, boramiz tog`lar tomon,
Bu holingga qarasam, kayfiyatim yomon.
Hamon tushkunlikda bu ko`zlaring,
Nega to`g`risini ayta olmaydi tiling?
Diling og`rimoqda, sotmoqda ko`zlaring,
Uzatgin qo`llaring, bo`lay hayotingdagi eng ishonchli insoning.
Faqat bo`lmagin tushkun, yo`llaringda bo`lay eng yorug` uchqun,
Sening kulib turishing uchun.
Yana qoldi oz, keladi bahor,
Yana qoldi oz, erib ketar qor.
Ochilar sirli gullar,
Sen sirli guldan ham battar.
Yuzingga quvonch to`ladi qachon?
Tabassuming uchun mayli beray jon.
Faqat bo`lma mahzun, faqat bo`lma mahzun.
Jonim, kulib tur, kulib tur, toki yuragimdan ketsin dard,
Kulib tur, kulib tur, sening ko`zlaring kulsa – bu baxt.
Yig`lama, yig`lama, ko`zlaringga yarashmaydi yosh,
Ayt, qanday azob bo`lsa ham, birga beramiz bardosh.

Читать также
Комментарии (0)