Ummon - Eslayman qo`shiq matni

Ha, so`zlaring rost,
Oramizda qolmadi hech qanday bir so`z.
Shunchaki oq qog`oz, yolg`ondan sani sevaman deb yozilgan,
Xatolardan iborat ikki so`z.

Lekin u qog`ozda qolib ketar bir umrga,
Balki yoqib yuborarman erta yo indinga.
Chunki xohlamayman menga sen haqingda eslatishini hech narsa,
Yuragim xasta, hayotim asta-asta o`tib ketdi.

Sani kutib yashash jonga tegib ketdi,
Yo`llarim bora-bora torayib ketdi.
Biz o`tirgan bekatlar eskirib ketdi,
Shuncha asrab sevganim mandan kechib ketdi.

Jonga tegib ketdi, sen haqingda har xil so`zlar,
Yuragim qanchalar nimtalar shu so`zlar.
Bilasanmi manga qanchalar og`ir shu so`zlarni eshitish?
Sen haqingda yuribdi yomon so`zlar.

Shuncha xatolar o`tdi oradan,
Kimnidir bag`rida sevib-sevilib yasharsan.
Lek yurakning ko`zlari bo`lmas ekan, sevaverar ekan,
Atrofga bir nazar-pisand qila olmas ekan.

Ne istaydi bu yuragim sendan?
Axir sani yuraging kechib bo`lgan mendan.
Hayotda hamma narsadan to`yar ekansan,
Lekin negadir sevaverar ekansan.

Ayt, ne istaydi bu yurak sendan, ayt?
Shuncha azob va yana deydi “qayt”.
Qanday qaytay, axir undaku ayb,
Yuragim, ayt? (x2)

Ha, so`zlaring rost,
Sani sevishimga qolmadi bir asos.
Sani o`ylasam gar, yuragim og`riydi biroz,
Shugina xolos.

Agarda hayotimda bo`lmaganingda balki bo`lardi o`zgacha,
Hali hamon qiynalaman uxlolmay tonggacha.
Yana qancha yuragim mayda parcha-parcha bo`lib ketdi shu kunlargacha,
Balki ancha uni unutaman deb ketayotgan manzilimgacha.

Balki hech qachon unutolmasman seni,
Yuragimga o`chmas qilib yozilgan ilk sevgimni.
Balki yaralar bitar, hammasi o`tib ketar,
Yillar o`tgandan keyin yana tag`in kim bilar?

Sani kutmay qo`yganman, faqat yuragim kutar,
Sani demay qo`yganman, faqat yuragim so`rar.
Ne istaydi bu yuragim sendan?
Axir sani yuraging kechib bo`lgan mendan.

Eslayman – kutmayman, yig`laysan – qaytmayman,
Bilarman – bilarsan, bir kuni unutilarsan.
Afsuslar aqlingni, yolg`izlik qalbingni,
Sog`inchlar sochingni, yosh to`la ko`zingni (x2)
Eslayman.

Ne istaydi bu yurak sendan, ayt?
Shuncha azob va yana deydi “qayt”.
Qanday qaytay, axir undaku ayb,
Yuragim, ayt? (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]