Ummon - Ertagimda qo`shiq matni

Sen qora ko`zim, shirin so`zim,
Shirin so`zlaringga oshiq mana man o`zim.
Havo-suvday sen menga kerak, yolg`izim.

Tunda nur sochsa, agar quyosh,
Unda nurlaridan olgin huzur.
Agar yomg`ir yog`sa yerdan osmonga,
Unda sen mening ertagimda bo`l.

Agar xohlasang bulutlardan
Qurib beraman uy, tomiga qadab gul.
Xohlasang dengizlar ustidan
Yuramiz piyoda, u yoqda.

Mening ertagimda, ha,
Quyosh tunda uyquga ham ketmaydi.
Mening ertagimda, ha,
Yulduzlarni ham qo`l bilan ushlaydi.

Ertagimda, haa-a, haa-a, haa-a… (x2)

(Sen qora ko`zim, shirin so`zim,
Shirin so`zlaringga oshiq mana man o`zim.
Havo-suvday sen menga kerak, yolg`izim.)

Yursang izlaringdan o`sar gullar,
Bitta daraxtda har xil mevalar.
Faqat sen bilan mening erkam,
Ertagimda birga bo`lgim kelar.

Agar xohlasang bulutlardan
Qurib beraman uy, tomiga qadab gul.
Xohlasang dengizlar ustidan
Yuramiz piyoda, u yoqda.

Mening ertagimda, ha,
Quyosh tunda uyquga ham ketmaydi.
Mening ertagimda, ha,
Yulduzlarni ham qo`l bilan ushlaydi.

Ertagimda, haa-a, haa-a, haa-a… (x2)

Tunda nur sochsa, agar quyosh…
Agar xohlasang bulutlardan qurib beraman uy…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]