Ummon - Bum-bum qo`shiq matni

Ko`zlarini suzmasin-ey,
Kipriklari bir kamon-kamon.
Haddilaridan oshmasin-ey,
Shu nozlaridan holim yomon.

O`zidan ha qo`ymasin-ey,
Nazmu taronam orzu-armon.
Shakarim manim, arzanda erkam,
So`zlasang agar rangim somon.

Kechalari uyqum daydi, oh qora ko`z,
Boshimga balo, ichimda dardim bilarman o`zim.
Parvo qilmay, yonimdan o`tib, aytmaysan bir so`z,
Borib holing so`ragani hech yetmaydi qurbim.

Bum-bum-bum, bu-bum-bum qani yuzimda tabassum,
Ichimda buyuk xumora chora, ay-ay.
Bum-bum-bum, bu-bum-bum oshiqmanu ma`lum,
Ishqida bemor man bechora hay-ay.

Tog`u tosh kezdim, tog`lardan oshdim,
Sevdim-u o`zga sayyoralar ochdim.
Qalbimda qaynar biqir-biqir,
Noyob-u g`aroyib muhabbatim.

Boraman bir vaqtiga, aha,
O`sha kechagi joy ma`qul, aha.
Kelmasligingni bilib turib nechun
Kun davomida kutaman, aha?

Kechalari uyqum daydi, oh qora ko`z,
Boshimga balo, ichimda dardim bilarman o`zim.
Parvo qilmay, yonimdan o`tib, aytmaysan bir so`z,
Borib holing so`ragani hech yetmaydi qurbim.

Bum-bum-bum, bu-bum-bum qani yuzimda tabassum,
Ichimda buyuk xumora chora, ay-ay.
Bum-bum-bum, bu-bum-bum oshiqmanu ma`lum,
Ishqida bemor man bechora hay-ay. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]