Ummon - Bino qo`shiq matni

O`n beshinchi qavatdaman,
Boqaman derazamdan to`g`riga.
Bir qo`limda qora qahva,
Birida sening surating.

Shahar uyquga ketmoqda yana,
Chorrahalarda o`chadi chiroq.
Men turgan binoga bir bor qara,
Faqat mening xonam yonib turar.

Ko`zlaringni sog`inaman yiroqdan,
Lek zo`rg`a ko`rinadi jisming.
So`zlaringni sog`inaman uzoqdan,
Lek shahar shovqini jim turar.

Sen nega yashaysan mening ro`paramda,
Ro`paramdagi baland binoda?
Ko`rgim kelar ko`zlaring,
Sog`inganman hidlaring,
Zo`rg`a ko`rinar jisming. (x2)

O`n to`rtinchi qavatdasan,
Onda-sonda ko`z tashlab o`tasan.
Xonangda yopilgan parda,
Soyang yashar ro`paramda.

Sog`inganman nigohlaring,
Shamol olib kelsin hidlaring.
Men turgan binoga bir bor qara,
Faqat mening xonam yonib turar.

Ular olib qo`ydi seni mendan,
Yo`q dedi hatto uydagilaring ham.
Biz yashaymiz bir biriga qaragan binoda,
Sen u yoqda, men bu yoqda.

Yor, tez-tez ko`z tashlab turgin men tomonga,
Sog`inchlarim cho`ktirmoqda asta armonga.
Shahar uyquga ketib bo`ldi, faqat sen bilan men
Boqamiz uzoqdan bir birimizga.

Ko`zlaringni sog`inaman yiroqdan,
Lek zo`rg`a ko`rinadi jisming.
So`zlaringni sog`inaman uzoqdan,
Lek shahar shovqini jim turar.

Sen nega yashaysan mening ro`paramda,
Ro`paramdagi baland binoda?
Ko`rgim kelar ko`zlaring,
Sog`inganman hidlaring,
Zo`rg`a ko`rinar jisming. (x2)скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Ummon - Bino qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ummon - Afsus yo’q qo`shiq matni128 kbps11-10-2016, 03:17Скачать
Ummon - Alvido qo`shiq matni128 kbps11-10-2016, 03:15Скачать
Ummon - Ertagimda qo`shiq matni128 kbps11-10-2016, 02:59Скачать
Ummon - Tola qo`shiq matni128 kbps10-10-2016, 23:00Скачать
Ummon - Yomg’ir qo`shiq matni128 kbps10-10-2016, 22:48Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.