Ummon - Azizam qo`shiq matni

Yurak og`rib, qiynalar qalbim,
Bora-bora og`irlashar dardim.
Bilsam hatto qolmabdi zarracha qadrim,
Yaralandi qalbim.

So`ramagin, nega ketmoqdasan deb so`ramagin,
Izlamagin, qorong`u tunlar ichra izlamagin.
Dam-dam, yolg`onlaringga ber dam,
Ko`nglimga malham endi emassan, azizam.

Dam-dam, yolg`onlaringga ber dam,
Ko`nglimga malham endi emassan, azizam.

Ortiq qaytib qilma qo`ng`iroq,
Yozma xatlar, yozmayman javob,
Yozma meni qanchalar sog`inganing.

Qolmadi xalovat, ma`yus ko`nglim sen deb,
Baytlarim haqiqat, qayga qilding mani g`arq?
Mendan bo`ldi yetar, yurak sendan kechar,
Azizam, yolg`onlaringga ozgina bergin dam.

Dam-dam, yolg`onlaringga ber dam,
Ko`nglimga malham endi emassan, azizam. (x2)

So`ramagin, nega ketmoqdasan deb so`ramagin,
Izlamagin, qorong`u tunlar ichra izlamagin.
So`ramagin…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]