Ummon - Ayriliq qo`shiq matni

Ko’zlarim daryo, lek yig’lamayman,
Men seni sevaman, lek qaytmayman,
To’ydim yolg’on so’zlaringdan, jonim,
To’ydim xiyonatlaringdan, zolim.

Doim bir savol qiynaydi meni –
Kim bilan qaydasan, jonim endi? (x2)
Bilmayman balki unutding meni,
Men esa sog’inib ketdim seni.
Lek hech qachon ortimga qaytmayman,
Ko’zim daryo, lekin yig’lamayman.

Hech qachon senga qaytmayman,
Sen tomon intilmayman,
Bir kun ham unutmayman,
Lek biroq yalinmayman! (x2)

Shu tun uxlayolmadim, negadir sani esladim,
Qo’limga surating olib dardga to’lib yig’ladim.
San mani sevar eding, man sani sevganchalik,
Sanga ishonar edim ishonganlaringchalik.

Suratda qolgan vasling, endi ko’rinmas asling,
Aslini olganda menga azizroqdir surating.
Chunki beg’ubor eding, guldek beozor eding,
Shu suratga tushganingda sen meni sevar eding.

Dardim bir dunyo senga aytmadim,
Sen mening yolg’izim, yolg’izing bo’la olmadim.
Sen meni baxtimsan, lek baxtsizman,
Sen ketgan kundan beri yolg’izman.

O’tmishim, seni eslab,
Sog’inchim sog’inch taraf,
Qo’llaring ko’zim bog’lab,
Erkalab ketding aldab. (x2)

Doim qalbimda yashar qo’limdagi surat,
Suratlaring bilan yashayman to abad.
Tag’in kim ham bilar, balki ular ham ketar,
Axir sevganlar emas, sevishganlar tark etar.

Xatlaring har kecha o’qiyman tonggacha,
Hatto ming bora o’qigan bo’lsam ham shu kungacha.
Axir shu xatlarni yozgansan men uchun,
O’qib xatlaringni umrim payon topadi manimcha.
Umrim payon topadi manimcha…

Hech qachon senga qaytmayman,
Sen tomon intilmayman,
Bir kun ham unutmayman,
Lek biroq yalinmayman! (x2)

Sen mening yolg’izim, yolg’izing bo’la olmadim…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]