Abdulla Qurbonov - Onajonim qo`shiq matni

Boshimga ish tushganida,

Omad qushi uchganida,

Do’stu yor ham kechganida,

Panoh bo’lgan onajonim.


Dilda pinhon g’amlarimdan,

Kiprikdagi namlarimdan,

Ko’nglimdagi kamlarimdan

Ogoh bo’lgan onajonim.


Onajonim, siz mehribonim,

Onajonim, siz xushzabonim,

Munisa, darddoshim,

Metin bardoshim, onajonim.


Qatordan kam bo’lmasin, deb,

G’uncha payti so’lmasin, deb,

Mendan oldin o’lmasin, deb,

Duo qilgan onajonim.


Bu kunlar ham o’tar, degan,

Dard-alamlar ketar, degan,

Bolamni baxt kutar, degan,

Qadrim bilgan onajonim.


Onajonim, siz mehribonim,

Onajonim, siz xushzabonim,

Munisa, darddoshim,

Metin bardoshim, onajonim. (x1+x2)








Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Bojalar guruhi - Onajonim yozdim xat qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:16Скачать
Ulug`bek Rahmatullaev - Onajonim rahmat qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:09Скачать
Masrur Usmonov - Onajon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:43Скачать
Sherbek Shodiyev - Onajonim128 kbps7-07-2016, 11:04Скачать
Kaniza - Onajonim128 kbps25-06-2015, 19:51Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.